Cognia bilan hamkorlikda yangi bosqich: 16 soatlik o‘quv-kursni muvaffaqiyatli yakunlagan rahbarlarga sertifikatlar topshirildi!
2025-11-21 09:25:00 / Yangiliklar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Cognia xalqaro tashkiloti hamkorligidagi 3 kunlik o‘quv-seminar o‘z yakuniga yetdi. Unda ishtirokchilar akkreditatsiyadan o‘tish tartibining barcha bosqichlari, xalqaro baholash mezonlari hamda zamonaviy boshqaruv yondashuvlari bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilimlarga ega bo‘ldilar.

Ma’lumot uchun: Cognia akkreditatsiya tizimi 4 yo‘nalishdan iborat bo‘lib, jami 31 ta standartni o‘z ichiga oladi. Seminarda ushbu standartlarning mazmuni, baholash mezonlari va amaliy qo‘llanish mexanizmlari batafsil o‘rgatildi.
Monitoring jarayoni: Cognia ekspertlari 1 yil davomida yana O‘zbekistonga tashrif buyurib, ishtirokchilarning olgan bilim va ko‘nikmalarini o‘z maktablarida qay darajada tatbiq etayotganini o‘rganadilar. Bu jarayon xalqaro akkreditatsiya talablariga sifatli tayyorgarlik ko‘rish uchun muhim qadam sanaladi.
Bu seminarlar – xalqaro akkreditatsiyaga yo‘l ochadigan birinchi mustahkam qadam bo‘ldi.






