O‘zbekiston va Xitoy: Xitoy tili ta’limi bo‘yicha hamkorlik mustahkamlanmoqda
2025-11-20 17:25:00 / Yangiliklar

Uchrashuv davomida quyidagi ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha kelishuvga erishildi:
- O‘zbekiston maktablari uchun Xitoy tili bo‘yicha kompleks o‘quv dasturlarini ishlab chiqish
- Malakali xitoy tili o‘qituvchilarini tayyorlash va yuborish
- Mahalliy pedagoglar uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil etish
- O‘quv materiallarini milliy xususiyatlardan kelib chiqib moslashtirish
- Xitoy tili bo‘yicha xalqaro HSK test markazini Agentlikda ochish
- Talabalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar va yozgi ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish.
Tomonlar 2025-yil oxirigacha xitoy tili ta’limi bo‘yicha strategik hamkorlik shartnomasini imzolashga kelishib oldi.
Shu bilan Agentlik rahbarining Xitoyga qilgan rasmiy tashrifi yakunlandi.




