Agentlik va Xitoyning Syan Jiaoton universiteti o‘rtasida memorandum imzolandi
2025-11-20 13:00:00 / Yangiliklar
Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Syan Jiaoton universitetining Xalqaro hamkorlik va almashinuv departamenti direktori Venyfen Lyu o‘rtasida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Hamkorlik quyidagi yo‘nalishlarni qamrab oladi:
- ilmiy kadrlar tayyorlash: seminar, stajirovka, konferensiyalar
- ilmiy maqolalar va nashrlar almashinuvi
- qo‘shma ilmiy tadqiqotlar
- talabalar va o‘qituvchilar uchun akademik mobillik dasturlari
- qisqa va uzoq muddatli stajirovkalar
Memorandum 5 yilga imzolandi va ikki tomonlama qo‘shma komissiyalar, ekspert guruhlarini tuzishni nazarda tutadi.
Ushbu hamkorlik O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi ilmiy-ta’lim aloqalarini yangi bosqichga olib chiqib, xalqaro standartlardagi malakali kadrlarni tayyorlashga xizmat qiladi.




