O‘zbekiston–Xitoy hamkorligida yangi bosqich: 60 ta aqlli sinf joriy etiladi!
2025-11-19 13:30:00 / Yangiliklar
Pekindagi O‘zbekiston elchixonasida ta’lim texnologiyalari bo‘yicha muhim kelishuv imzolandi.

Agentlik va Xitoyning Chongqing Shulian Tianxia kompaniyasi o‘zaro hamkorlik Memorandumiga imzo chekdi.
Hamkorlik quyidagilarni o‘z ichiga oladi
- 60 ta AI-kameralar bilan jihozlangan aqlli sinf yaratish bo‘yicha pilot loyiha;
- Ta’lim jarayonini modernizatsiya qilish va raqamli transformatsiya;
- Yuqori texnologiyalar — aqlli ta’lim, intellektual ishlab chiqarish, elektron sanoat bo‘yicha sanoat kooperatsiyasi;
- Kompleks texnik ta’minot: jihozlar, dasturiy ta’minot, o‘rnatish va sozlash.
Memorandumni Agentlik direktori Sevara Shakirova va kompaniya xalqaro bo‘limi rahbari Wang Ziqi imzoladi.
Kelgusida ushbu pilot loyiha asosida aqlli sinflar boshqa ta’lim muassasalariga ham bosqichma-bosqich joriy etiladi.






