QIZLAR O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN OLIMPIADADA TERMA JAMOAMIZ A'ZOSI BRONZA MEDALI SOHIBI BO‘LDI
2025-11-03 15:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 24-28-oktabr kunlari Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida "Assara" IV Qizlar Matematika Olimpiadasi bo‘lib o‘tdi.

Maykop, Adigeya Respublikasi
Olimpiadada 20 ta davlatlardan 200 nafarga yaqin o‘quvchi qizlar ishtirok etdi.
Xalqaro darajada o‘tkazilgan ushbu olimpiadada 1 nafar O‘zbekiston terma jamoasidan vakil ishtirok etib, katta muvaffaqiyatga erishdi:
Dildora Mahkamova - Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab internatining 9-sinf o‘quvchisi — Bronza medal.
Eslatma: O‘zbekiston 2025-yilda ushbu Olimpiadada ilk marotaba ishtirok etdi.
Ushbu yutuq hurmatli Prezidentimiz tomonidan qizlar uchun yaratilayotgan ilmiy imkoniyatlarning yorqin natijasidir.
Terma jamoamiz a’zosini tabriklaymiz va kelgusi olimpiadalarda ulkan zafarlar tilaymiz!
