
Xalqaro hamkorlik

YANGI INVESTITSION LOYIHA BO‘YICHA MUROJAAT JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI
G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev boshchiligida tegishli mas’ullar bilan birgalikda hududda marmar qazib olish va uning chiqindilarini qayta ishlashni rejalashtirayotgan “NAVOI PROCESS STONE COMPANY” xorijiy korxonasi ta’sischisi Lian Tinni murojaati joyiga chiqib o‘rganildi.
Uchrashuv davomida shaharda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan yangi investitsion loyiha, qurilish ishlarini boshlash masalalari hamda investor uchun yaratiladigan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, loyiha doirasida yer maydoni ajratilishi, infratuzilma bilan ta’minlash, xususan elektr energiyasi va boshqa zarur tarmoqlar bo‘yicha masalalar o‘rganilib, mutasaddi tashkilotlarga tegishli topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.

