Korrupsiyaga qarshi kurashish
“Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi
🫥G‘ozg‘on shahar hokimligi hamda shahar Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi hamkorligida tibbiyot xodimlari o‘rtasida “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida ochiq muloqot tashkil etildi.
➡️Muloqotda shahar prokurori, shahar IIB boshlig‘i, shahar soliq inspeksiyasi boshlig‘i hamda shahar hokimi o‘rinbosari ishtirok etib, soha xodimlari bilan ochiq va samimiy fikr almashishdi.
➡️Tadbirda ishtirokchilarga korrupsiyaning jamiyat rivojiga salbiy ta’siri, uning oldini olishda har bir fuqaroning mas’uliyati hamda halollik tamoyillariga amal qilish zarurligi haqida ma’lumot berildi.
