Xalqaro Hamkorlik
2026-03-02 17:10:00 / Yangiliklar

G‘OZG‘ON SHAHAR HOKIMI XITOYLIK INVESTORLAR BILAN UCHRASHDI
G‘ozg‘on shahar hokimi Nurali Jo‘rayev Xitoy Xalq Respublikasidan tashrif buyurgan HONGISTONE MCHJ XK kompaniyasi ta’sischilari – janob Chen va janob Xuan bilan rasmiy uchrashuv o‘tkazdi.
Mazkur uchrashuvda shahar Savdo-sanoat palatasi vakillari ham ishtirok etib, xorijiy investorlar bilan mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashildi.
Xitoylik investorlar G‘ozg‘on shahri va uning atrofida mavjud tabiiy resurslar, infratuzilma holati, iqlimiy sharoit hamda davlat tomonidan xorijiy investorlar uchun yaratilayotgan qulay sarmoya muhiti bilan yaqindan tanishdilar. Ular mahalliy bozorga kirish, eksport salohiyatidan foydalanish hamda logistik afzalliklar haqida ijobiy fikr bildirdilar.
Bunday uchrashuvlar G‘ozg‘on shahrining investitsion jozibadorligini oshirish, iqtisodiy hamkorlikni mustahkamlash va xalqaro sarmoyalarni jalb etish yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.
