KORRUPSIYAGA QARSHI KURASH CHORALARI
2025-11-03 19:00:00 / Yangiliklar
Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo'mitasi Komplayens nazorati bo’limi boshlig'i Sh.Sattarov tomonidan joriy yilning 3-4 noyabr kunlari Qashqadaryo viloyatida har bir hududda “Kadrlarni halollik vaksinasi bilan emlash — davr talabi” hamda “Qo‘mitani korrupsiyasiz soha”ga aylantirish — ustuvor vazifamiz!” mavzusida boshqarma xodimlari ishtirokida seminar, targ‘ibot-tashviqot tadbirlari o'tkazildi.

Xususan, seminarda tizimda faoliyat yuritayotgan xodimlar tomonidan korrupsion holatlarning oldini olishga va shaffoflikka e'tibor qaratish, unga qarshi kurashishga qaratilgan choralarni kuchaytirish, manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning huquqiy madaniyatini yuksalishiga alohida yondashish lozimligi haqida taʼkidlab o‘tildi. Shuningdek, barcha xodimlar tomonidan qonunchilikka qat’iy rioya etilishi, o‘z mansab yoki xizmat majburiyatlarini vijdonan, odob-axloq qoidalariga rioya etgan holda bajarishlari hamda korruptsiyaga oid biror-bir huquqbuzarlikni sodir etishdan o‘zlarini tiyishlari shartligi to‘g‘risida yana bir bor ogohlantirildi.

