MUSTAQILLIK BAYRAM TABRIGI
2025-08-29 14:00:00 / Yangiliklar

Respublikamiz Prezidenti va Hukumatining alohida qaror va farmonlari bilan so‘nggi yillarda Qo‘mita tizimida tub islohotlar o‘tkazilib, yangi marralar belgilandi va soha fidoyi xodimlari bilan bahamjixatlikda belgilangan vazifalar amalga oshirilmoqda. Ayni paytda, Mamlakatimiz bo‘ylab keng nishonlanayotgan Vatanimiz mustaqilligining 34 yilligi bayrami bilan Siz azizlarni samimiy muborakbod etib, zahmatli biroq sharafli kasbingizda xar doyim kamol topishingiz tilakdoshiman. Sizning sanoatimiz xavfsizilgi yo‘lida qilayotgan ishlaringiz, avvalo inson qadri va uning xavfsizligiga bevosita dahldordir.Prezidentimiz tabiri bilan aytganda “Barcha ishlar zamirida inson qadrini ulug‘lash, odamlarning xavfsiz va farovon hayotini ta’minlash maqsadi mujassam”. Ana shunday insonparvar g‘oyalar ila amalga oshirilayotgan islohotlardagi ishtirokingizni yuksak qadirlayman. Yana bir bor barchangizni eng aziz bayramimiz – Mustaqillik ayyomi bilan tabriklab, sizlarga sihat-salomatlik, baxt-saodat, uzoq umr, oilaviy totuvlik, dasturxoningizga to‘kinlik, qut-baraka tilayman. Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin!
Hurmat bilan,
Qo‘mita raisi Abduvaqqos Rafiqov

