LIFT USKUNALARINI O‘RNATISH VA TEXNIK XIZMAT KO‘RSATISH
2025-06-25 17:40:00 / Yangiliklar

Mazkur yig‘ilishda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi Toshkent shahar hududiy boshqarmasi, “Sanoat xavfsizligi” DM, Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi, Toshkent shahar uy-joy kommunal xo‘jaligi bosh boshqarmasi, Toshkent shahar qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi, “Texnopark” MChJ vakillari hamda tuman boshqaruv organlarining rahbar xodimlari ishtirok etdi. Tadbirda lift uskunalarini o‘rnatish hamda ularga texnik xizmat ko‘rsatish masalalari, xususan, eskirgan va nosoz liftlarni zamonaviy va xavfsiz uskunalarga almashtirish, ularning ishlashini doimiy nazoratga olish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish tizimida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida hal etish yuzasidan batafsil tushuntirish va tavsiyalar berildi.








