KIMYOVIY QUROLLARNI TAQIQLASH KONVENSIYASI BO‘YICHA ANQARA YIG‘ILISHI
2025-06-03 19:20:00 / Yangiliklar
Kimyoviy qurollarni taqiqlash tashkilotining taklifnomasiga asosan Turkiyaning Anqara shahrida joriy yilning 3-4-iyun kunlari bo‘lib o‘tayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida kimyoviy xavfsizlik qonunchiligini kuchaytirish va uning amalga oshirilishi bo‘yicha yig‘ilishda Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi bosh boshqarma boshlig‘i O.Djuraev, Kimyoviy va bakteriologik qurolni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaning ijrosini nazorat qilish bo‘yicha bosh mutaxassis O.Kasimov, va Yuridik bo‘lim boshlig‘i S.Saboxitdinovlar ishtirok etmoqda.

Tadbir davomida kimyoviy qurollarni taqiqlash konvensiyasi bilan tanishish va uni qo‘llash amaliyotini o‘rganib chiqish, BMTning 1540 Rezolyutsiyasi bilan tanishish, qonunshilikdagi bo‘shliqlarni, tizimdagi muammolarni va ularning yechimlarini ko‘rib chiqish va hamkorlik bo‘yicha mintaqaviy salohiyatni kuchaytirishga qaratilgan masalalar muhokama qilinadi. O‘zbekiston Respublikasi nomidan O.Kasimov yig‘ilish ishtirokchilariga mamlakatimizda kimyoviy xavfsizlik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan milliy prezentatsiyani taqdim etdi.


