BRIFING - KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH YO‘NALISHIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR
2025-04-03 17:10:00 / Yangiliklar

http://www.youtube.com/watch?v=itxApNAW8Ys So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish, davlat va jamiyat qurilishining barcha sohalarida korrupsiogen omillarga chek qo‘yishga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar izchil amalga oshirilmoqda. Davlat organlari zimmasidagi vazifa va funksiyalarni bajarishda yuzaga keladigan korrupsiyaga oid xavf-xatarlarni baholash tizimini takomillashtirish hamda davlat xizmatiga halollik standartlarini joriy etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Shuningdek, korrupsiyani oldini olish va unga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan ishlarning natijadorligini oshirish, muhim ijtimoiy masalalarga oid ochiq ma’lumotlar ko‘lamini yanada kengaytirish, ulardan to‘siqlarsiz foydalanishni ta’minlash, shuningdek, «O‘zbekiston — 2030» strategiyasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish qo‘mita oldida turgan muhim vazifalar hisoblanadi. Yuqoridagi vazifalar ijrosi doirasida, qo‘mitaning quyidagi ichki idoraviy hujjatlari rasmiylashtirilib, zaruratga qarab yangilanib borilmoqda:
Jumladan, Qo‘mitani korrupsiyaga qarshi kurashish siyosati;
odob-axloq qoidalari;
korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash uslubiyoti;
manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish bo‘yicha nizom;
aloqa kanallari orqali korrupsiyaviy xatti-harakatlar to‘g‘risida kelib tushgan xabarlarni qabul qilish va ko‘rib chiqish reglamenti;
xodimlarining korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida o‘qitilishini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnoma;
kontragentlarni tekshirishga oid yo‘riqnoma;
ishga qabul qilinayotgan nomzodlarni tekshirish bo‘yicha yo‘riqnoma;
korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini monitoring va nazorat qilish uslubiyoti;
korrupsiyaga qarshi kurashish tizimining holati haqidagi hisobotni shakllantirish va taqdim etish reglamenti;
korrupsiyaviy xatti-harakatlar va odob-axloq qoidalarini buzish holatlari ustidan xizmat tekshiruvlari o‘tkazish bo‘yicha reglament hamda davlat xaridlarini o‘tkazish to‘g‘risidagi nizomdir.
Shu bilan birga, tizim xodimlarining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya qilinishi nazoratga olinib, tizimda korrupsiya xavfiga eng ko‘p moyil bo‘lgan faoliyat yo‘nalishlari va lavozimlari ro‘yxati shakllantirilgan. Shuningdek, Qo‘mita markaziy apparat va hududiy bo‘limlariga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi talablari asosida tizimidagi vakant lavozimlarga ishga qabul qilish uchun ochiq tanlov asosida saralab olish amaliyoti joriy etilgan. O‘z navbatida, Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish samaradorligini tubdan oshirish, bu borada belgilangan vazifalar korrupsiya holatlarining sabab va shart-sharoitlarini aniqlash, ularni bartaraf etishning ta’sirchan tizimini yaratish maqsadida, Qo‘mita markaziy apparati tuzilmasida korrupsiyaga qarshi komplaens nazorat bo‘limi tashkil etilgan bo‘lib, bo‘limning Nizomi va lavozim yo‘riqnomasi tasdiqlangan. Shu bilan birga, huquqbuzarliklar va ularga sharoit yaratuvchi omillar haqidagi xabarlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash va o‘z vaqtida oldini olish maqsadida Qo‘mita tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha “ishonch telefoni” (71) 203-02-39 (25) faoliyati yo‘lga qo‘yilgan va nizomi tasdiqlangan. Ushbu nizomda «Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari to‘g‘risida», “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonunlariga muvofiq arizalarni qabul qilish, Qo‘mita tizimidagi korrupsiya bilan bog‘liq shikoyatlar ko‘rib chiqish tartibi belgilangan. Qo‘mitada korrupsiyaga qarshi kurashishga oid anonim shikoyatlar uchun alohida elektron pochta komplaens@cirns.uz yaratilib, o‘z faoliyatini belgilangan tartibda olib bormoqda. Shuningdek, bugungi kunda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan ishlab chiqilgan Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturining “O‘zbekistonda samarali, hisob beruvchi va shaffof boshqaruv institutlari orqali korrupsiyaga qarshi kurashish” loyihasi bilan birgalikda ISO 37001:2016 korrupsiyaga qarshi standartidan kelib chiqib, korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tizimini joriy etuvchi tavsiyaviy hujjatlar to‘plamidan foydalangan ishlar olib borilmoqda. Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasi markaziy apparati va hududiy bo‘limlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha malakasini muntazam oshirib borish maqsadida, 2024 yil va 2025 yilning birinchi choragi davomida “Korrupsiyaga qarshi kurashish mavzusida” 18 marotaba o‘quv semenarlari tashkil etildi. Bundan tashqari, Qo‘mita markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari va hududiy organlari xodimlarini korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini baholash yuzasidan test sinovlari o‘tkazildi. Shuningdek, Qo‘mita tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunning 18 moddasi talablari doirasida qo‘mita markaziy apparatining 53 nafar mas’ul xodimlari tomonidan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘ldirishi ta’minlandi. Bundan tashqari, qo‘mitaga ishga qabul qilinayotgan nomzodlar, shuningdek boshqa ishga o‘tkazilgan xodimlardan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi belgilangan shakldagi deklaratsiyani to‘ldirish amaliyoti yo‘lga qo‘yilgan. 2025 yil 1 chorak holatida qo‘mita markaziy apparati xodimlari tomonidan to‘ldirilgan ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiya tahliliga ko‘ra 1 nafar mas’ul xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilingan, 1 nafari boshqa pastroq lavozimga o‘tkazilgan va 2 nafari intizomiy javobgarlikka tortilgan.


