9-DEKABR - KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH XALQARO KUNI
2025-12-09 09:00:00 / Yangiliklar

🟢Ushbu kunda BMTning “Korrupsiyaga qarshi konvensiya”ni tan olgan, a’zosi hisoblangan davlatlarda turli tadbirlar va aksiyalar uyushtiriladi, plakat va tarqatma materiallar chop etiladi, shuningdek ommaviy axborot vositalarida korrupsiyaga qarshi kurashish masalasidagi axborotlar faollashadi.
🟢Sanoat, radiyatsiya va yadro xavsizligi qo’mitasida ham bu borada samarali ishlar tashkil etilmoqda. Xususan, O‘zbekiston Prezidentining 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida Qo'mita tarkibiy tuzilmasi “Kontexnazorato’quv” Davlat muassasasi 2025-yil 27-oktyabrda korrupsiyaga qarshi boshqaruv tizimining ISO 37001:2016 xalqaro standartiga muvofiqligi sertifikatini oldi.Ushbu sertifikat “Kontexnazorato’quv” DMning korrupsiyaning har qanday ko'rinishlariga murosasiz munosabatini bildiradi va muassasa tinglovchilari va biznes hamkorlarning ishonchini oshirishga xizmat qiladi. Qo’mita tizimida xalqaro standartlar asosida faoliyat yurituvchi korrupsiyaga qarshi kurash tizimi ham joriy etilgan bo’lib, Korrupsiyaga qarshi kurashishda qo’mita boshqaruv tizimini ISO 37001:2016 xalqaro standarti talablariga muvofiqlashtirish maqsadida mahalliy mutaxassislar bilan birgalikda bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirgan. Xususan, korrupsiyaga olib kelishi mumkin bo‘lgan tahdid va xavf-xatarlar baholanib, ularni kamaytirish choralari belgilab olingan. Qo’mita nazorati ostidagi xavfli ishlab chiqarish ob’ektlarida qo’mita xodimlari bilan munosabatlardagi korrupsiyaviy xavfi mavjud bo’lgan holatlarni aniqlash va bartaraf etish, xodimlarga korruptsiyaga qarshi siyosatga muvofiqligi to'g'risida deklaratsiya taqdim etish, yuqori xavf ostida bo'lgan xodimlar ro'yxatini yuritish kabi tizimli ishlar yo'lga qo'yilgan. Bu esa ayni paytda, tizimda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan korrupsiya holatlarining oldini oladi hamda murojaat etuvchilarga ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida olib borilayotgan faoliyat darajasini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.
