Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida “Ochiq eshiklar kuni”: Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2025-yil sarhisobi
2025-12-05 16:55:00 / Yangiliklar

Biz uchun eng muhimi – shaffoflik va qonun ustuvorligi.
📊 Raqamlarda asosiy natijalar:
✅ Nazorat va jazo: Yil davomida o‘tkazilgan 18 ta komplayens-nazorat tekshiruvlari natijasida: ➖ Qonunbuzilishiga yo‘l qo‘ygan 3 nafar xodim bilan mehnat shartnomasi bekor qilindi; ➖ 7 nafar xodimga intizomiy jazo chorasi qo‘llanildi; ➖ 130 nafar xodim bilan jiddiy profilaktik suhbatlar o‘tkazildi.
✅ Manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish: Qo‘mita markaziy apparati va hududiy tuzilmalaridagi barcha 149 nafar mas’ul xodim Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyani to‘liq topshirdi. Jarayon doimiy monitoringga olingan.
✅ Davlat xaridlari va xavf tahlili: ➖ 37 ta davlat xaridi bo‘yicha kontragentlar tekshirildi – korrupsiyaviy holatlar aniqlanmadi. ➖ Qo‘mita funksiyalaridagi 64 ta yo‘nalish tahlil qilinib, 3 ta yuqori va 8 ta o‘rta darajadagi xavf-xatarlar aniqlandi hamda ularni bartaraf etish dasturi ijroga qaratildi.
✅ Huquqiy baza: Sohaga oid 12 ta yangi idoraviy hujjat, jumladan, "Korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va baholash uslubiyoti" hamda "Etika kodeksi" qabul qilindi.
🛡 Qo‘mita korrupsiyaga qarshi murosasiz kurashishni va ochiqlik siyosatini davom ettiradi!
Bizni kuzatib boring va faoliyatimizga befarq bo‘lmang.
#SanoatXavfsizligi #OchiqEshiklarKuni #KorrupsiyagaQarshiKurash #Hisobot2025 #Komplayens




