Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasida OCHIQ ESHIKLAR KUNI!
2025-12-04 15:00:00 / Yangiliklar

🗓 Sana: 5-dekabr
🕘 Vaqti: 15:00
📍 Manzil: Toshkent sh., М-14, 27-uy
✅ Tadbirda:
▫️ Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi,
▫️ Prokuratura organlari vakillari,
▫️ Sanoat, radiatsiya va yadro xavfsizligi qo‘mitasining rahbariyati va mas’ul xodimlari ishtirok etadi.
Shuningdek, qo‘mita faoliyatiga qiziqqan barcha fuqarolar, OAV vakillari va blogerlarni tadbirda faol qatnashishga taklif qilamiz.
✅ Tadbir doirasida:
◀️ Korrupsiyaning salbiy oqibatlari va sohada unga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot beriladi;
◀️ Sanoat va radiatsiya xavfsizligi sohasida ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlarida shaffoflikni ta’minlash borasidagi axborotlar taqdim etiladi;
◀️ Ishtirokchilarning savollariga batafsil javoblar beriladi;
◀️ Murojaat va takliflar bevosita mas’ullarga yetkaziladi.
Korrupsiyani birgalikda yengamiz!
