Davlat fuqarolik xizmatining mehnatiga haq to‘lash
2025-08-25 09:30:00 / Vazirlik yangiliklari

"Davlat fuqarolik xizmati to‘g‘risida"gi Qonunning 43-moddasiga
ko‘ra, davlat fuqarolik xizmati ishchisining maoshi quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Bazaviy lavozim maoshi;
- Ko‘p yillik xizmat uchun qo‘shimcha to‘lov;
- Malaka darajasi uchun qo‘shimcha to‘lov;
- Samaradorlikka erishganlik uchun qo‘shimcha ustama;
- Hisobot davri yakunlari bo‘yicha rag‘batlantirish to‘lovlari.
Agar ishchi alohida muhim topshiriqlarni bajarib, murakkab vazifalarni uddalasa, qonunchilikda belgilangan qo‘shimcha to‘lovlar va ustamalar ham to‘lanadi.
