"ENTER ENGINEERING" ishchisiga 57 ming AQSH dollari miqdoridagi oylik ish haqi undirib berildi
2025-01-27 19:55:00 / Vazirlik yangiliklari

💳2025-yil 13-yanvar kuni "ENTER ENGINEERING" korxonasi xodimi Pus Ilya Nikolayevich 2024-yil iyun oyidan noyabr oyiga qadar to‘lanmay kelayotgan oylik ish haqini undirishda amaliy yordam so‘rab Chilonzor tumani Kambag'allikni qisqartirish va bandlikka ko'maklashish bo'limiga murojaat qildi.
📝Murojaat belgilangan tartibda o‘rganib chiqilib, xodimga 57 ming AQSh dollari miqdoridagi oylik ish haqi va hisob-kitob pullari undirib berildi.