Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Davlat mehnat inspeksiyasi rahbar va xodimlari, Xalqaro mehnat tashkilotining ekspertlari hamda “Better Work” dasturining mamlakatimizdagi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
2025-01-24 19:40:00 / Vazirlik yangiliklari
Unda Davlat mehnat inspeksiyasi faoliyatini takomillashtirish, mehnatni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar, shuningdek “Better Work” dasturinining joriy yildagi rejalari va uni amalga oshirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Muloqotda Xalqaro mehnat tashkiloti ekspertlari tomonidan sohani rivojlantirish bo‘yicha bir qator tavsiyalar o‘rtaga tashlandi, shuningdek “Better Work” dasturini korxonalarda keng joriy etish bo‘yicha amalga oshiriladigan tadbirlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Uchrashuvda joriy yilda hamkorlikda amalga oshiriladigan tadbirlar rejasi ham kelishib olindi.