KASB-HUNARGA OʻQITISHDA VAUCHER TIZIMI JORIY QILINADI
2025-01-21 16:35:00 / Vazirlik yangiliklari
📖2025-yil 1-mayga qadar ishsiz aholini, shu jumladan, ustuvor ravishda kambagʻal oilalar aʼzolarini kasb-hunarga oʻqitish xarajatlarini qoplab berish boʻyicha vaucher tizimi joriy qilinadi.
Bunda, oʻqish xarajatlari fuqaro tanlagan taʼlim muassasasiga vaucher asosida toʻlab beriladi.
2025-yil 1-fevraldan boshlab mazkur tizim Samarqand viloyati va Toshkent shahrida sinovdan oʻtkaziladi va tajriba natijalari asosida 2025-yil 1-aprelga qadar barcha hududlarda joriy qilinadi.