Dasturning amalga oshirilishini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash maqsadida 126 trillion soʻm yoʻnaltiriladi, jumladan:
2025-01-21 09:20:00 / Vazirlik yangiliklari
▪️tijorat banklarining kichik va oʻrta biznes subyektlarini moliyaviy qoʻllab-quvvatlash uchun 120 trillion soʻm kredit mablagʻlari, shundan 2,4 milliard AQSH dollari miqdoridagi xorijiy kredit liniyalari;
▪️ogʻir toifadagi 1000 ta mahallalar infratuzilmasini yaxshilash uchun 3,2 trillion soʻm budjet mablagʻlari;
▪️tuman va shaharlarning ixtisoslashuvidan kelib chiqib, sanoat, qishloq xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish sohalarida tadbirkorlikning rivojlanishiga turtki beruvchi drayver loyihalar uchun zarur infratuzilmani yaratishga 1 trillion soʻm budjet mablagʻlari;
▪️maqsadli jamgʻarmalar orqali kambagʻallikni qisqartirish va aholi bandligini taʼminlashni ragʻbatlantirish uchun 952 milliard soʻm yoʻnaltiriladi.