Davra suhbati
2025-01-15 19:45:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Mehnatni muhofaza qilish sohasini rivojlantirish konsepsiyasi hamda 2025-2027-yillarda mehnatni muhofaza qilish va mehnat gigiyenasi sohasini yanada takomillashtirish to‘g‘risidagi milliy dastur muhokamasiga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda vazirlik mutasaddilari, Xalqaro mehnat tashkilotining ekspertlari, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo‘yicha milliy komissiya vakili, hamkor tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi va Ish beruvchilar konfederatsiyasi vakillari, sohaga bo‘yicha yetakchi ekspertlar, olimlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Qayd etilganidek, so‘nggi yillarda sanitariya-gigiyena talablariga javob beradigan munosib mehnat sharoitlarini yaratish hamda ish vaqtidagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklarini oldini olish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, Vazirlar Mahkamasining “Mehnatni muhofaza qilish sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi tayyorlanib bugungi kunda jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi. Ushbu hujjat bilan yuqoridagi konsepsiya hamda milliy dasturni tasdiqlash ko‘zda tutilgan.
Muloqotda munosib mehnat sharoitlarini yaratish bo‘yicha hamkorlikda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan loyihalar yuzasidan ham fikr almashildi.