WorldSkills Uzbekistan 2023
2023-09-19 10:40:00 / Vazirlik yangiliklari
WorldSkills Uzbekistan 2023
Toshkent shahridagi ishsizlarni kasb-hunarga o‘qitish markazida “Worldskills Uzbekistan-2023” IV-milliy ishchi kasblar chempionatiga start berildi. 5 kun davom etadigan musobaqada KOICA, O‘zbekistondagi Ishga marhamat monomarkazlari, kasb-hunarga o‘qitish markazlari o‘quvchilari turli yo'nalishlarda bahsga kirishishadi.
Milliy kasblar chempionatida g’olib bo’lgan ishtirokchi 5-va 6-bosqichda tashkil etiladigan Jahon chempionatida qatnashish vakolatini qo’lga kiritadi.
Ma'lumot uchun: WorldSkills International xalqaro notijorat assotsiatsiyasining maqsadi butun dunyo boʻylab kasbiy tayyorgarlik, malaka standartlarini oshirish hamda xalqaro tanlovlar orqali ishchi kasblarini ommalashtirishdan iborat.
