Direktor 17 million so‘m jarimaga tortildi
2024-08-12 16:05:00 / Vazirlik yangiliklari

Ijtimoiy tarmoqlarda "Namanganda direktor o‘qituvchilarni o‘t-o‘lan yulishga majburladi" sarlavhasi ostida tarqalgan xabar Pop tumani Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan o‘rganildi.
O‘rganish davomida O‘zbekiston Respublikasi Mehnat kodeksining 5-moddasi hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 349-sonli qaroriga zid ravishda, muassasa xodimlari maktab hovlisida tozalov ishlariga jalb etilganligi aniqlandi.
Shu sababli, tashkilot rahbariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 51-moddasi 1-qismiga asosan bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari miqdorida ma’muriy jarima qo‘llanildi.
