Vazir maslahatchisi Faxriddin Hayitov davlat mukofotiga sazovor bo‘ldi
2026-05-30 10:30:00 / Vazirlik yangiliklari

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan madaniyat, san’at va adabiyot sohalari xodimlaridan bir guruhi taqdirlandi.
Mukofotlanganlar safida Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitov ham bor.
Unga “Shuhrat” medali tantanali ravishda topshirildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi F. Hayitovni ushbu yuksak mukofot bilan samimiy muborakbod etadi!

