Farzandingizga qancha vaqt ajratyapsiz?
2026-06-01 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#chellenj
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi Sizga ish va farzandlar tarbiyasi o'rtasida oltin muvozanat tilaydi.
Shu munosabat bilan maxsus loyiha boshladik. Unda taniqli davlat arboblari, san'atkorlar va jamoatchilik faollari ishtirok etdi.
Siz ham ushbu chellenjda qatnashing va g'olib bo'ling!
Tanlov shartlari quyidagicha:
- Bugun farzandingiz bilan o‘tkazayotgan kuningizdan foto-video joylang;
- Vazirlikning rasmiy sahifalarini va doim ish bilan band do‘stlaringizni belgilang.
- Tanlovda eng faol ishtirok etgan 3 nafar g‘olib qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Bolalar bizdan ko'p narsa kutmaydi. Ular uchun eng katta sovg'a — ota-onasining vaqti, mehri va e’tiboridir.
Shunday ekan, farzandingizga ko'proq vaqt ajrating. Zero, bolalikning har bir lahzasi bebaho va ortga qaytmaydi.
Ushbu soʻrovnomada qatnashib, ish bilan band ota-onalarning farzand tarbiyasidagi ishtirokini baholashga hissa qoʻshing.
