Surxondaryoda sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-26 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Ummatoy Yo'ldosheva aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida viloyatning Bandixon tumanida sayyor qabul o‘tkazdi.
Mazkur qabul davomida 50 nafarga yaqin fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, bandlik, ish haqlarini undirish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, ularning turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.



