14 ta ishbilarmon ayollarga grantlar taqdim etildi
2026-05-26 15:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, BMT Taraqqiyot dasturi, Turkiya Hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi hamda Xalqaro mehnat tashkiloti hamkorligidagi “O‘zbekistonda rasmiy bandlikka adolatli o‘tish uchun munosib ish o‘rinlarini yaratish va ijtimoiy himoyani jadallashtirish” qo‘shma loyihasi doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan navbatdagi muhim tashabbus amalga oshirildi.
Unda 14 ta eng istiqbolli loyiha egalariga texnik ko‘mak va kichik grantlar taqdim etildi.
Avvalroq Qarshi, Samarqand va Buxoro shaharlarida norasmiy sektorda faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar uchun salohiyatni oshirishga qaratilgan o‘quv kurslari tashkil etilgan edi.
Natijada:
▫️69 nafar xotin-qiz o‘quvlarda ishtirok etdi;
▫️34 nafari qisqa muddat ichida o‘z faoliyatini rasmiylashtirdi;
▫️biznes tashabbuslari va loyiha takliflari ishlab chiqildi.
Mazkur tashabbuslar ayollar tadbirkorligini rivojlantirish, ularning iqtisodiy faolligini oshirish hamda munosib ish o‘rinlarini yaratishga xizmat qiladi.
