Namanganda sayyor qabul va tadbirkorlar bilan uchrashuv
2026-05-26 18:50:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vaziri o‘rinbosari Ra'no Turdiboyeva tomonidan aholi murojaatlarini o‘rganish maqsadida Yangi Namangan tumanining “Taraqqiyot” sanoat va servis zonasida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda Chortoq, Uychi, Davlatobod, Yangi Namangan tumanlari hamda Namangan shahri aholisi ishtirok etdi.
Sayyor qabul davomida murojaatchilarning bandlik, ish haqlarini undirish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi. Muddat talab etadigan masalalar esa mas’ullarga yo‘naltirildi.
Shuningdek, vazir o‘rinbosari hududdagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazib, yangi ish o‘rinlari yaratish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash masalalariga alohida e’tibor qaratdi.



