Prezidentning maktab bitiruvchilariga murojaati
2026-05-25 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Hech qaysi davlatda kuzatilmagan murojaat: Prezidentdan yoshlarga katta ishonch
“So‘nggi qo‘ng‘iroq” bayrami munosabati bilan Prezident Shavkat Mirziyoyevning maktab bitiruvchilariga yo‘llagan murojaati nafaqat samimiy tabrik, balki Yangi O‘zbekiston yoshlariga berilgan ulkan baho va tarixiy ishonch ramzi bo‘ldi.
E’tiborlisi, jahon amaliyotida davlat rahbarining maktab bitiruvchilariga bunday keng qamrovli, batafsil va ilhomlantiruvchi murojaat yo‘llashi deyarli uchramaydi. Bu – yoshlarga munosabatda mutlaqo yangi yondashuv.
Davlatimiz rahbari bitiruvchilarni “Uchinchi Renessans bunyodkorlari” deb atadi. Bu shunchaki balandparvoz ibora emas. Bu – mamlakat kelajagini aynan bilimli, tashabbuskor va vatanparvar yoshlar bilan bog‘layotgan davlat siyosati ifodasidir.
Bugun yoshlar uchun:
- 207 ta oliy ta’lim muassasasi,
- startaplar uchun 100 million dollar,
- IT va sun’iy intellekt sohasida minglab imkoniyatlar,
- tadbirkorlik uchun imtiyozli kreditlar tayyor.
Eng muhimi, bugun Yangi O‘zbekistonda yoshlarga “sen uddalay olasan” degan ishonch berilmoqda.
Ma’lumot uchun: joriy yil birinchi marta 11 ming nafardan ziyod o‘quvchi maktabni oltin va kumush medallar bilan tamomlamoqda.
