Kelajak kasblari - BIOTEXNOLOGLAR
2026-05-22 11:25:00 / Vazirlik yangiliklari
#Kelajak_kasblari
BIOTEXNOLOGLAR
Biotexnologlar — ilm-fan va innovatsiya orqali kelajakni yaratadigan mutaxassislar.
Bugungi kunda biotexnologiya dunyodagi eng tez rivojlanayotgan yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Aholi sonining ortishi, oziq-ovqat xavfsizligi, iqlim o‘zgarishi va yangi kasalliklar biotexnologlarga bo‘lgan talabni tobora oshirmoqda.
Bugun ular:
✔️yangi dori vositalari va vaksinalar yaratmoqda;
✔️hosildor va kasalliklarga chidamli ekinlar ustida ishlamoqda;
✔️ekologik muammolar uchun “yashil” texnologiyalar taklif qilmoqda;
✔️oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shmoqda.
O‘zbekistonda ham biotexnologiya sohasiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Zamonaviy laboratoriyalar, agrobiotexnologiya va farmatsevtika yo‘nalishlari kengayib bormoqda.
Biotexnolog — nafaqat bugun, balki kelajakda ham eng talab yuqori bo‘ladigan kasblardan biri.
