O‘zbekiston va Serbiya bandlik sohasida hamkorlikni kengaytiradi
2026-05-20 18:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev Serbiya Respublikasi Mehnat, bandlik, faxriylar ishlari va ijtimoiy siyosat vaziri Milica Djurdjevic Stamenkovski bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida mehnat bozori talablariga mos kadrlar tayyorlash, kasbiy ko‘nikmalarni baholash va tan olish tizimlarini takomillashtirish, bandlik xizmatlarini raqamlashtirish, yoshlar va ayollarni qo‘llab-quvvatlash, shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni mehnat bozoriga integratsiya qilish masalalari muhokama qilindi.
Shu bilan birga, munosib mehnatni taʼminlash, mehnat huquqlarini himoya qilish mexanizmlarini kuchaytirish, ijtimoiy muloqotni rivojlantirish va xalqaro mehnat standartlarini ilgari surish yo‘nalishlarida hamkorlik istiqbollari ko‘rib chiqildi.

