Har bir xodim quyidagi kafolatlarga ega
2026-05-19 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Qonunchilikka ko‘ra, har bir xodim quyidagi kafolatlarga ega:
☑️mehnatga haq to‘lashda kamsitish taqiqlanadi;
☑️teng qiymatli mehnat uchun erkaklar va ayollarga teng haq to‘lanadi;
☑️ish haqining eng kam miqdori belgilanadi;
☑️ish beruvchi moliyaviy ahvolidan qat’i nazar, bajarilgan mehnat uchun haq to‘lashi shart;
☑️ish haqini natura shaklida to‘lash cheklanadi;
☑️ish haqini to‘lash muddati va tartibi qonun bilan belgilanadi;
☑️tungi vaqtda, bayram va dam olish kunlari hamda ish vaqtidan tashqari ishlaganlik uchun kafolatlangan qo‘shimcha haq to‘lanadi;
☑️xodimning ish haqidan ushlab qolish miqdori cheklanadi;
☑️ish haqi o‘z vaqtida to‘lanishi ta’minlanadi.
Batafsil
