Endi qulupnaylar distillangan suvda yetishtirilmoqda
2026-05-20 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#Tomorqa_daromad_manbai
Angren shahri “Hakkarman–Yangi Jigariston” mahallasi hokim yordamchisi Bekzodjon Davlatov ko‘magida yo‘lga qo‘yilgan zamonaviy qulupnaychilik loyihasi aholi daromadini oshirishda samarali natija bermoqda.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida, imtiyozli kreditlar asosida tashkil etilgan ushbu loyiha orqali 10 nafar fuqaroning bandligi ta’minlangan.
Distillangan suvda tomchilatib sug'orish asosida parvarishlanayotgan bu qulupnaylar erta bahordan kech kuzgacha muntazam hosil bermoqda.
Har bir qulupnayning vazni 130 grammgacha yetadi.
Mavsumga qarab mahsulot narxi 40 ming so‘mdan 200 ming so‘mgacha sotilmoqda.
Bu kabi tashabbuslar aholi daromadini oshirish, zamonaviy agrotexnologiyalarni keng joriy etish va yangi ish o‘rinlari yaratishga xizmat qilmoqda.
