Ish bilan birga taʼlim olayotgan xodimlar uchun
2026-05-15 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ish bilan birga taʼlim olayotgan xodimlarga kafolatlar va kompensatsiyalar berish tartibi:
🔹 Kafolat va kompensatsiyalar birinchi marta tegishli darajadagi taʼlim olayotgan xodimlarga taqdim etiladi.
🔹 Agar xodim avval ham shu darajadagi taʼlimni olgan boʻlsa, biroq ish beruvchi uni ichki hujjatlar, mehnat shartnomasi yoki alohida kelishuv asosida qayta oʻqishga yuborgan boʻlsa, unga ham ushbu imtiyozlar berilishi mumkin.
🔹 Xodim bir vaqtning oʻzida ikkita taʼlim muassasasida tahsil olayotgan boʻlsa, kafolat va kompensatsiyalar faqat bittasi boʻyicha — xodim tanlagan taʼlim tashkiloti uchun beriladi.
🔹 Mehnat kodeksining 383-moddasida nazarda tutilgan oʻquv taʼtili xodimning ish stajiga qoʻshib hisoblanadi.
Batafsil
