Quva gulchilik maktabi: 5 sotix yerdan 150 mln so‘m daromad
2026-05-15 11:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Quva tumani Namuna mahallasida tashkil etilgan “Qubbo” atirgul yetishtirish kompleksi aholi uchun nafaqat daromad manbai, balki amaliy tajriba maktabiga ham aylandi.
50 sotixlik zamonaviy issiqxonada 50 ming tup atirgul parvarish qilinmoqda. Har bir gul o‘rtacha 10 ming so‘mdan sotiladi.
Kompleks hududida tashkil etilgan Gulchilik maktabida fuqarolarni o‘qitish, gul parvarishi va issiqxona yuritish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar berish imkoniyati ham yaratilgan.
Mutaxassislarning ta’kidlashicha, gulchilik to‘g‘ri tashkil etilsa, 5 sotix yerdan yiliga 150 mln so‘mgacha daromad olish mumkin.
Batafsil: “Ortga qaytmas islohotlar” dasturida.
