Xodimning hayoti va sog‘lig‘i — himoya ostida!
2026-05-18 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Ish beruvchi xodimni sog‘lig‘iga zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan ishga qabul qilmasligi yoki bunday ishga o‘tkazmasligi shart.
Agar ish xavfli bo‘lsa, xodim bu haqda oldindan ogohlantiriladi.
Ish jarayonida xodimning hayoti yoki sog‘lig‘iga xavf tug‘ilsa, u ushbu ishni bajarishdan bosh tortishga haqli. Xavf bartaraf etilguniga qadar xodim ishni bajarmasa ham o‘rtacha ish haqi saqlanadi.
