Mehnat qonunchiligini takomillashtirish masalalari muhokama qilinmoqda
2026-05-14 12:25:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi, Jahon banki hamda Buyuk Britaniya hukumati hamkorligida, ish beruvchilar bilan birgalikda mehnat qonunchiligini takomillashtirish va o'zgartirish kiritish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tmoqda.
Unda qonunchilikni qo‘llash jarayonida uchrayotgan muammolar hamda ish beruvchilar uchun qulay sharoit yaratish masalalari muhokama qilinmoqda.
Shuningdek, ortiqcha ma’muriy yuklama keltirib chiqarayotgan normalarni qayta ko‘rib chiqish va ilg‘or xalqaro tajriba asosida tavsiyalar ishlab chiqish yuzasidan fikr almashilmoqda.
