Impulsiv harajatlardan himoyalanish
2026-05-10 13:20:00 / Vazirlik yangiliklari
Dam olamiz deb, ko‘pincha hamyonimizga "dam berishni" unutib qo‘yamiz. Reklamalar va chiroyli vitrinalar bizni aslida kerak bo‘lmagan narsalarni olishga majbur qiladi.
Xo‘sh, bu tuzoqdan qanday chiqamiz?
72 soat qoidasi: Biror narsani ko‘rib ko‘zingiz quvnab ketdimi? 3 kun kuting. Agar 3 kundan keyin ham o‘sha narsasiz yashay olmasligingizni bilsangiz — marhamat!
Mehnatingizni qadrlang: Narxiga qarab "arzon ekan" demang. Bu narsani olish uchun necha kun ertalabdan kechgacha ishlashingizni hisoblang. 3 kunlik mehnatingizni bir lahzalik emotsiyaga almashtirishga arziydimi?
Reklama qurboni bo‘lmang: "Faqat bugun", "90% chegirma" — bularning hammasi sizni pul sarflashga majburlash uchun o‘ylab topilgan. Bildirishnomalarni o‘chiring, xotirjamlikni yoqing.
Ro‘yxat — bu qonun: Do‘konga ro‘yxatsiz kirish — jangga qurolsiz kirish bilan barobar. Ro‘yxatda yo‘qmi, demak, u narsa sizga bugun kerak emas.
