Jasorat unutilmaydi, xotira barhayot!
2026-05-09 19:30:00 / Vazirlik yangiliklari

9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi jamoasi "Gʻalaba bogʻi" majmuasidagi yodgorlik poyiga gul qo‘yib, Ikkinchi jahon urushida halok bo‘lgan ajdodlarimiz xotirasiga hurmat bajo keltirdi.
Ajdodlar jasorati — tinch va osoyishta hayotimizning mustahkam poydevoridir. Ularning matonati va fidoyiligi qalblarimizda mangu yashaydi.



