Navoiy viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-05-06 15:30:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vaziri maslahatchisi Faxriddin Hayitov tomonidan aholi murojaatlarini joyiga chiqqan holda o'rganish maqsadida Navbahor tumanida sayyor qabul o‘tkazildi.
Mazkur qabul davomida 30 nafardan ortiq fuqaroning murojaatlari ko‘rib chiqilib, bandlik, ish haqlarini undirish, imtiyozli kredit va ssudalar ajratilishi bilan bog'liq muammolari nazoratga olindi va ijobiy hal etildi.
Bu kabi sayyor qabullar aholi muammolarini joyida hal etish, ularning turmush farovonligini oshirish hamda tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.


