SKILL-UP loyihasi doirasida shartnoma imzolandi
2026-05-04 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Shveytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC) bilan “O‘zbekistonda muhim tarmoqlar uchun ko‘nikmalar va mehnat bozori bilan bog‘liqlik” — SKILL-UP loyihasi doirasida shartnoma imzolandi.
Tadbirda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari Marat Jurayev, Shveytsariyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Obolensky hamda Shveytsariya Taraqqiyot va hamkorlik agentligi (SDC)ning elchisi, bosh direktor o‘rinbosari Arno Wicki ishtirok etdi.
Mazkur loyihadan ko'zlangan maqsad:
▫️sun’iy intellekt asosidagi kasbiy diagnostika tizimini yo‘lga qo‘yish,
▫️fuqarolarni mehnat bozori talablariga mos kasblarga yo‘naltirish,
▫️qisqa muddatli amaliy o‘quv dasturlarni Yevropa standartlari asosida takomillashtirish.
