Bitiruvchilar uchun “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi
2026-04-30 18:25:00 / Vazirlik yangiliklari
O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Workshop” hamda “Kelajakka qadam” umummilliy dasturi doirasida “Karyera kuni” mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.
Yarmarka doirasida bitiruvchi yoshlar uchun osonish.uz platformasining taqdimoti o‘tkazildi.
Jumladan, Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti talabasi F.Mirzaboyev misolida onlayn rezyume shakllantirilib, platforma imkoniyatlari amalda ko‘rsatib berildi.
Tizim tomonidan unga real vaqt rejimida sun’iy intellekt yordamida 10 ta mos bo‘sh ish o‘rni taklif qilindi.
Ma’lumot uchun:
• Universitetda hozirda 6 300 nafar talaba tahsil olmoqda.
• 2026-yilda 18 ta mutaxassislik bo‘yicha 834 nafar yoshlar universitetni bitiradi.
• osonish.uz platformasidan bugungi kunga qadar 27 687 ta ish beruvchi foydalanib ko‘rgan.
• Platformada ayni paytda 45 100 ta faol bo‘sh ish o‘rni mavjud.
osonish.uz — yoshlar uchun yangi imkoniyatlar maydoni!
