Call-markaz faoliyatida vaqtinchalik uzilish
2026-04-24 19:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Hurmatli fuqarolar!
Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi Call-markazi (71 200 06 00) tizimida texnik nosozliklar kuzatilayotganligi tufayli murojaatlarni qabul qilishda vaqtinchalik uzilishlar yuzaga kelishi mumkin.
Hozirda mazkur muammoni bartaraf etish boʻyicha barcha zarur ishlar olib borilmoqda. Tizimni 28-aprelga qadar toʻliq tiklash rejalashtirilgan.
Murojaatlar quyidagi manzillar orqali qabul qilinmoqda:
- elektron pochta: info@bv.gov.uz
- vazirlikning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalari.
Keltirilgan noqulayliklar uchun uzr soʻraymiz.
