Tungi vaqtda ishlagan xodimlarga kamida 1,5 baravar haq to‘lanadi
2026-04-27 09:00:00 / Vazirlik yangiliklari
Vaqtbay tizimda — har bir tungi ish soati uchun kamida 1,5 koeffitsiyent qo‘llanadi.
Ishbay tizimda — asosiy ish haqiga qo‘shimcha ravishda kamida 50% ustama to‘lanadi.
Unutmang:
Tungi ish uchun oshirilgan miqdorda haq toʻlash tarif stavkalariga (maoshlarga) kiritilmaydi.
Qo‘shimcha to‘lov miqdori jamoa shartnomasi, ichki hujjatlar yoki mehnat shartnomasida belgilanadi.
