Muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan yoshlar uchun mehnat yarmarkasi tashkil etildi
2026-04-24 14:00:00 / Vazirlik yangiliklari
#yoshlar_bilan_uchrashuv
Toshkent viloyati Nurafshon shahridagi Milliy gvardiya binosida muddatli harbiy xizmatni o‘tab qaytgan hamda ish izlayotgan fuqarolar bandligini ta’minlash maqsadida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.
Unda 1 100 dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari taqdim etilib, ish beruvchilar bilan dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Shuningdek, tadbir doirasida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etilib, unda viloyat Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi, Milliy gvardiya, Chirchiq harbiy prokuratura hamda Yoshlar ittifoqi rahbarlari ishtirok etdi.
Uchrashuv davomida yoshlarning murojaatlari tinglanib, muammolarni hal etish choralari belgilandi.
