“Kasbiy diagnostika” loyihasi doirasida hamkorlik
2026-04-21 17:25:00 / Vazirlik yangiliklari

Kambagʻallikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda “NIRAS” A/S kompaniyasi oʻrtasida “SKILL-UP” loyihasi boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Mazkur kelishuv asosida sunʼiy intellekt yordamida fuqarolarning qobiliyati va salohiyatini aniqlovchi kasbiy diagnostika tizimi joriy etiladi.
Bunda fuqarolarni oʻz qobiliyatiga mos kasbga yoʻnaltirish, zamonaviy raqamli yechimlarni joriy etish hamda bandlikni taʼminlash mexanizmlarini kuchaytirish kabi ustuvor yoʻnalishlar amalga oshiriladi.


