Tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish bo‘yicha seminar o‘tkazildi
2026-04-10 10:25:00 / Vazirlik yangiliklari

#Samarqand
Toyloq tumani "Sariosiyo" mahallasida ijara va tomorqa yerlaridan samarali foydalanish hamda ularga In-vitro usulida mevali daraxt ko‘chatlari ekish bo‘yicha amaliy seminar tashkil etildi.
✔️Unda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirining birinchi o‘rinbosari M. Jurayev, Samarqand viloyati Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmasi boshlig‘i R. Mahqulov, senator Sh. Sharipov, Toyloq tumani hokimi B. Raxmatullayev, tuman hokimining o‘rinbosarlari, nuroniylar, qishloq xo‘jaligi sohasi vakillari, mahallalardagi hokim yordamchilari, ijara yer egalari hamda tomorqa yer egalari ishtirok etdi.
Tadbir davomida tomorqa va ijara yerlaridan samarali foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni joriy etish, xususan, In-vitro usulida yetishtirilgan ko‘chatlarni ekish orqali hosildorlikni oshirish, aholi daromadlarini ko‘paytirish hamda bandlikni ta’minlash masalalari yuzasidan tavsiyalar berildi.
