Buxoroda ishsizlik va kambag‘allikni keskin kamaytirishga qaratilgan yangi rejalar muhokama qilindi
2026-04-02 20:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyatida amalga oshirilayotgan islohotlar natijadorligi, hududning iqtisodiy salohiyatidan samarali foydalanish va kelgusidagi ustuvor vazifalar yuzasidan yigʻilish oʻtkazdi.
✔️2025-yilda hududiy yalpi mahsulot hajmi 7,2 foizga oshib, 86,6 trillion soʻmga yetdi, sanoatda 7,1 foiz, qishloq xoʻjaligida 4,3 foiz, xizmatlar sohasida 14 foiz oʻsish qayd etilgan. Ishsizlik 2024-yilga nisbatan 4,7 foizgacha, kambagʻallik darajasi 6 foizgacha pasaygan.
✔️Yigʻilishda Buxoro viloyatini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy maqsadli koʻrsatkichlari koʻrib chiqildi. Bunda ishsizlik va kambagʻallik darajasini 2 foizgacha qisqartirish, 381,5 ming nafar aholini daromadli qilish rejalashtirilgan.
✔️Shu maqsadda Buxoro va Kogon shaharlari, shuningdek, Olot, Peshku, Qorakoʻl, Shofirkon, Gʻijduvon va Qorovulbozor tumanlarini ishsizlik va kambagʻallikdan xoli hududlarga aylantirish boʻyicha manzilli choralar amalga oshirilishi qayd etildi.
✔️Xususan, Kogon tumanida yiliga 80 mingta elektr va gibrid avtomobil ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish rejalashtirilgan. Loyihaning qiymati 350 million dollarni tashkil etib, 500 ta ish oʻrni yaratiladi.
✔️Xizmatlar va aholi bandligini taʼminlash yoʻnalishida mahallalar ixtisoslashuvi asosida 49 ta loyiha amalga oshirilishi, 33 ta savdo va servis koʻchasi, 2 ta sohil boʻyi hududi, 4 ta turizm mahallasi va 10 ta yoʻl boʻyi loyihasi tashkil etilishi belgilandi.



