Umumxalq bayramlariga bag‘ishlangan ijodiy tanlov e’lon qilinadi
2026-03-18 15:00:00 / Vazirlik yangiliklari

Umumxalq bayramlarining boy madaniy, tarixiy va g‘oyaviy merosini keng targ‘ib qilish, ushbu qadriyatlarni zamonaviy yondashuvlar asosida yorituvchi ijodiy ishlarni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining, ayniqsa yoshlarning madaniy hayotga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish maqsadida respublika miqyosida ijodiy tanlov tashkil etilmoqda.
Mazkur tanlov orqali ijodkorlar, blogerlar, jurnalistlar, san’at vakillari va keng jamoatchilik vakillarining innovatsion g‘oyalari, kreativ yondashuvlari va iste’dodi namoyon etilishi ko‘zda tutilgan. Tanlov, shuningdek, umumxalq bayramlarini o‘tkazishning yangi usul va uslublarini kashf etish, milliy qadriyatlarimizni zamonaviy formatlarda targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Tanlov nominatsiyalari:
- Eng yaxshi blog
- Eng yaxshi reportaj
- Eng yaxshi fotoalbom
- Eng yaxshi haykaltaroshlik asari
- Eng yaxshi qo‘shiq
- Eng yaxshi sahna asari
- Eng yaxshi kinofilm
- Eng yaxshi hujjatli film
Tanlovning asosiy maqsadlari:
- umumxalq bayramlarining mazmun-mohiyatini keng yoritish;
- madaniy va ijodiy xilma-xillikka bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish;
- zamonaviy media va san’at yo‘nalishlarida yangi g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlash;
- ijodkorlarni rag‘batlantirish va ularning faoliyatini ommalashtirish.
O‘tkazilish tartibi: Tanlov umumxalq bayramlari arafasida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan ishlar mutaxassislar va ekspertlar tomonidan belgilangan mezonlar asosida baholanadi.
Kimlar ishtirok etishi mumkin?
Tanlovda barcha qiziquvchilar — ijodkorlar, blogerlar, OAV vakillari, talabalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishlari mumkin.
Yakuniy natija: Tanlov yakunlariga ko‘ra eng yaxshi ishlar saralanib, g‘oliblar munosib rag‘batlantiriladi hamda ularning ishlari keng jamoatchilikka taqdim etiladi.
